Abituriyentlarga

 

Toshkent farmatsevtika  instituti akademik  litseyiga 9-sinf  bitiruvchilarining hujjatlarni  qabul  qilish tartibi:

 

Dastlabki  tanlovlardan  o‘tgan o‘quvchilar, ularning ota-onalari yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslarning saralash  imtihonlariga  qatnashishi haqidagi  arizalari Maslahat  kengashi  tomonidan har  yili 20 iyundan 30 iyunga qadar qabul  qilinadi.

        O‘quvchilar, ota-onalari yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar Maslahat kengashiga  quyidagi  hujjatlarni taqdim etadilar:

1.Ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli  ko‘rsatilgan ariza;

2.O‘quvchining shaxsini  tasdiqlovchi hujjat (Tug‘ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport);

3 3,5×4,5 o‘lchamdagi 6ta  rangli fotosurat (fotosuratning orqa tomoniga o‘quvchi o‘qigan maktabning direktori o‘quvchining shaxsini  tasdiqlab imzo qo‘yadi va  maktabning  muhri bilan  tasdiqlaydi.)

Tanlovdan  tashqari o‘qishga imtiyozli kirish huquqiga ega bo‘lgan halqaro va respublika  fan olimpiadalari, tanlovlar, musobaqalar g‘oliblari asl nusxadagi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa  tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so‘ng hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ta’qiqlanadi.

 

O‘quvchilarni akademik litseyga o‘qishga  qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlarini o‘tkazish:

 

O‘quvchilarni akademik litseyga o‘qishga  qabul qilish bo‘yicha saralash imtihonlari har yili  10 iyuldan 25 iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.

Akademik litseyda  saralash imtihonlari 2 turda amalga oshiriladi.

1-tur: Ona tili va adabiyot fanidan diktant.

2-tur: Kimyo, biologiya, ona tili va adabiyot fanidan test                   sinovlari;

Kirish sinovlarining ochiq va shaffofligi ta’minlanib, videokuzatuvlar orqali  kuzatib boriladi.

 

Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi  tomonidan belgilangan  tartibda tashkil etilgan  fan olimpiadalari III-bosqichida 1-5 o‘rinlarni egallagan 9-sinf o‘quvchilar saralash imtixonidan ozod etiladi va akademik litseylarning taalluqli ta’lim  yo‘nalishiga belgilangan qabul kvotasidan tashqari qabul qilinadi.